Hayvonlar reestri
Har bir bosh quloq raqami bilan: sigir, buzoq, qo‘y va ot. Guruhlarga ajrating, ro‘yxatni Excel yoki CSV fayldan bir martada yuklang, kerakli hayvonni raqami yoki ismi bo‘yicha bir zumda toping.
Qaysi sigir emlandi, qaysi biri bo‘g‘oz, kim qaysi ishni qildi — hammasi yozilib boradi. Kechqurun qo‘ng‘iroq qilib so‘rash shart emas.
Har bir bosh quloq raqami bilan: sigir, buzoq, qo‘y va ot. Guruhlarga ajrating, ro‘yxatni Excel yoki CSV fayldan bir martada yuklang, kerakli hayvonni raqami yoki ismi bo‘yicha bir zumda toping.
Har bir hayvonning holati: sog‘lom, davolanmoqda yoki kuzatuvda. Holati kiritilmaganlar alohida ko‘rinadi — hech biri e’tibordan chetda qolmaydi.
Urug‘lantirish, homiladorlik tekshiruvi va tug‘ish bir zanjirda. Yaqin 60 kunda tug‘ishi kutilayotganlar bosh sahifada turadi.
Dori yoki vaksinadan keyin sut va go‘sht sotilmaydigan kunlar hisoblanadi. Muddat tugagach, ruxsat belgisi chiqadi.
Kunlik sut, 30 kunlik vazn o‘sishi va poda harakati: tug‘ilgan, sotilgan, yo‘qolgan.
Shablondan vazifa yarating, xodimga bering, muddat qo‘ying. Takrorlanadigan ishlar o‘zi qayta yaratiladi, muddati o‘tganlari esa qizil bilan ajralib turadi.
Ish yakunlandi, tekshiruv yaqinlashdi, obuna tugayapti — muhim narsa o‘tkazib yuborilmaydi. Xabar tizimda, push va Telegramda.
Vazifa ertalab beriladi, dalada bajariladi, natija esa kechqurun emas — shu zahoti keladi.
A guruhdagi 20 bosh sigirni emlash. Muddat — soat 18:00 gacha, ijrochi — Akmal.
Telefoniga push-bildirishnoma va Telegram xabar keladi: nima qilish kerak, qaysi hayvonlar, qachongacha.
Har bir sigir quloq raqami bo‘yicha belgilanadi. Topilmagan ikki bosh sababi ko‘rsatilib qoldiriladi, uchta rasm yuklanadi.
Akmal «Yakunlash» tugmasini bosadi — menejer va ferma egasi shu zahoti xabar oladi, rasmlar va izoh bilan.
Bosh sahifada: nechta vazifa bajarildi, kim qancha ishladi, poda sog‘lig‘i qanday. Qo‘ng‘iroq qilib so‘rash shart emas.
Vazifa telefoniga va Telegramga keladi. Hayvonlarni belgilaydi, rasm tushiradi, «Yakunlash»ni bosadi — tamom.
To‘rtta rol bor. Ishchi faqat o‘ziga berilgan vazifalarni ko‘radi, obuna va to‘lovni esa faqat ferma egasi boshqaradi.
Fermaning egasi bitta bo‘ladi. Hamma narsa uning nazoratida, obuna va to‘lov ham.
Cheklov yo‘q.
Egasining o‘ng qo‘li: kundalik boshqaruvning hammasi, puldan tashqari.
Kunlik ishni taqsimlaydi va bajarilishini kuzatib boradi.
Telefonda faqat o‘ziga berilgan vazifalarni ko‘radi va bajaradi.
Tariflar faqat hayvonlar soni bilan farq qiladi, ishchilar soni cheklanmagan. Birinchi 14 kun bepul.
Sinov tugasa, ma’lumotlar o‘chmaydi — hisob ko‘rish rejimiga o‘tadi.
Javobini topmagan bo‘lsangiz, raqamingizni qoldiring — o‘zimiz qo‘ng‘iroq qilamiz.
Ro‘yxatdan o‘tish Telegram orqali, bir daqiqada. 14 kun bepul, keyin fermangizga mos tarifni tanlaysiz.
raqamiga tez orada qo‘ng‘iroq qilamiz.